Iymon susayishi oldini olish
Assalomu alaykum! Yoshim 18da. Qariyb 1 yildan beri namoz o‘qiyman xudoga shukur, lekin oxirgi paytlar juda ham iymonim sustlashib ketyapti. Bazida namozlarimda ichim qisilib ketadi. Hamma narsadan to‘yganday. Ishonchimam ixlosimam so‘nib bo‘lganday xuddi. Eng yomoni shunday bo‘libam qo‘rquv yo‘q. Qisqasi noumid va noshukur bo‘lganman. Nima qilishga xayronman. Yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘zni yomon narsalardan tiying. Hozirgi kunda qalbda iymonning halovatini topishda asosiy amal ko‘zni nomahramlardan tiyishdir. Boshqa ishga hojat ham yo‘q.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi:
«Alloh taolo dedi: (harom qilingan) nazar Iblisning zaharli o‘qlaridan biridir. Kimki mendan qo‘rqib uni tark qilsa uni shunday bir iymonga almashib qo‘yamanki, uning halovatini qalbida his qiladi». (Tobaroniy va Hokim rivoyati). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 191 | Islam