Abu Jahl nega Umar deb zikr qilingan?

Assalomu alaykum! "Islomni ikki Umarning biri bilan quvvatlagin" degan hadis mavjudmi? Agar bo‘lsa, ikkinchi Umar bu Amr ibn Hishommi? Agar Abu Jahl nazarda tutilgan bo‘lsa nega Umar deyilmoqda? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U ham yozilishda shunday yoziladi. Bir-biridan faqat Amrning oxirida VOV harfi qo‘shiladi. Arab tilida tag‘lib degan qoida bor. Masalan oy bilan quyoshga “Qomaron” ya’ni ikki oy deb aytiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 181 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar