Farzand bo‘lmasa folbin yoki baxshiga borish

Assalomu alaykum! Bizni turmush qurganmizga 3 oy bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im bilan shoshilayotganimiz yo‘q farzand ko‘rishga. Xammasi Allohdan. Alloh bilguvchi zot. Lekin qaynisinglim 1 oydan beri qo‘ymaydi folbinga boring xammasi eskichadan bo‘lyapti deb. Men eskichaga ishonaman, siz xam boring xammasini folbin biladi deydi. Yo‘q men ishonmiman desam xam qo‘ymayapti. Men borishni xoxlamayman. Farzand bo‘lishi uchun ona xamma narsa qilishi kerak, folbinga borishdan boshqa ilojingiz yo‘q deyyishyapti. Nima qilay, nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish Allohning qo‘lida. Folbin esa Allohning dushmani, yolg‘onchi kazzob. Uni farzand bo‘lishi yoki bo‘lmasligigi zarracha ham aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar