Namozda roxat

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda Robbimizga bexisob xamdlar bo‘lsin namozni o‘z vaqtida o‘qishga erishtirmoqda. Lekin, o‘ylab qaralsa namozni vaqtida o‘qish xuddi majburiyatni soqit qilgandek tuyulmoqda. Savolim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek namozda roxatlanish yoki namozni roxatini topish uchun nimalar qilish darkor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda qalbda iymonning halovatini topishda asosiy amal ko‘zni nomahramlardan tiyishdir. Boshqa ishga hojat ham yo‘q.
 Abdulloh  ibn  Mas’ud  roziyallohu  anhudan  marfu’an  rivoyat  qilindi: «Alloh taolo  dedi:  (harom  qilingan)  nazar  Iblisning  zaharli  o‘qlaridan  biridir.  Kimki  mendan  qo‘rqib  uni  tark  qilsa  uni  shunday  bir  iymonga  almashib  qo‘yamanki,  uning  halovatini  qalbida  his  qiladi».  (Tobaroniy va Hokim rivoyati). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar