Fiqh darslari

Assalomu alaykum! Nomaxramlar fiqh darslarini bir sinfxonada olishlari shariatga zid ekan. Qaysi xolatlarda shariat bunga ijozat beradi? Misol uchun uyat mavzularidan tashqari hamma uchun umumiy  bo‘lgan shariat qoidalarini dars qilib o‘tish joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Ayol kishi erkakdan shariat qoidalariga rioya qilgan holda, ikkisi yolg‘iz qolmay, ko‘pchilik ichida va ehtishom ila turgan holda dars olsa bo‘ladi. Agar talab qilinadigan ilm farzi ayn bo‘lsa va er o‘zi ta’lim bera olmasa, ayoliga ustoz topishi kerak. Ilm farzi kifoya bo‘lsa, xotin erning gapiga kirishi kerak. Vallohu a’lam!
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=8248.0

26 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 176 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar