Namoz va ehson
Assalomu alaykum! 1) Kunlik namozlarimdan peshin va asrni o‘qimagan bo‘lsam, shom paytiga ulgurib uyga kelsam va shom vaqti kirgan bo‘lsa birinchi qaysi namozimni o‘qiyman? Qazo bo‘lgan peshin va asrnimi yo vaqti kirgan shomnimi? 2) Ma’lum bir namoz vaqti kirgan bo‘lsa, farz namozidan oldin shukri vuzu’ namozini o‘qisa bo‘ladimi yo keyin o‘qish kerakmi? 3) Avvalgi qazo namozlarimni o‘qishni boshladim. Shunda umrim davomidagi qazo bo‘lgan vitr namozlarimni istalgan vaqt o‘qisam bo‘ladimi yoki har kunlik vitrdan oldinmi? 4) Mahallamizda boquvchisi yo‘q nochor oila bor. Ularga muntazam ravishda har oy yoki 2 oyda bir pul ehson qilib tursam bo‘ladimi yoki hadeb ularga beravermay boshqa oilalarga ham berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar boshqa qazolaringiz ham bo‘lsa shomni o‘qiyverasiz. 2). Namoz o‘qish joiz bo‘lgan va bo‘lmagan vaqtlar vaqti makruha deb “Izlash xizmati”dan foydalaning. 3). Istalgan vaqtda o‘qiyverasiz. 4). Ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar