Usta haqimni qanday olaman
Assalomu alaykum! Men ustaman. Bir yil oldin maxallama bir qo‘shnimni uyida usta haqi chamasi 2.400.000 so‘mlik ish qildim. O‘sha paytda ish egasi to‘y boshlab qo‘ygandi. Shuning uchun ish haqini arzonrok xisoblashni dilimda niyat qilgandim. Ammo uy egasi ish tugagach haqimni oylik olishi bilan berishini aytdi. Oradan vaqt o‘tgach muddatni ozgina cho‘zilishini aytib uzr so‘radi. Vaqt o‘tib bu xol qayta takrorlanaverdi. Shu tariqa bir yil o‘tdi. Orada bir martta uyimizdagilarga 300.000 so‘m tashlab ketibdi. O‘sha payt to‘y boshlagani va maxalla qo‘shnim bo‘lgani sabab usta haqini aytishga tortingan edim. U payt dollar kursi 8.800 so‘m atrofida edi. Xozir 10.100 so‘m atrofida. Pul qadrsizlanishi sabab man bir muncha zarar ko‘ryabman. Man usta haqimni qanday xisoblashim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda o‘sha ishni qilsangiz necha pul haq beriladigan bo‘lsa o‘shani e’tiborga olasiz. Chunki siz kelishib olmasdan noto‘g‘ri ish qilgan ekansiz. Kelishilmagan suratda ajri misl, ya’ni boshqalar o‘sha ishni necha pulga qiladigan bo‘lsa o‘shani olinadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar