Pulimiz onamizda turadi
Assalomu alaykum! Biz oilada 2 ta akam ularni oilasi bor onam va men yashaymiz. Otam o‘tib ketganlar, ro‘zg‘orimiz bir, pullarimiz onamda turadi. Bir yil oldin kamida nisobga etgan pulimiz bo‘lgan. Keyin yana pul qo‘shilgan va biz birovga 6000$ qarz berganmiz. Uni hali olmadik, shunda 6 mingdan zakot beramizmi va zakot kimga farz bo‘ladi onamgami? Onamni tahminan 50 gram tillalari bor ularam qo‘shiladimi? Biz qurbonlik ham qilamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul kimni mulki bo‘lsa o‘shaning zimmasiga farz bo‘ladi. Agar pullaringizni onangizga shaxsiy mulk qilib, tasarrufini ham berib qo‘ygan bo‘lsangizlar onangiz boy hisoblanib, jamiki pullarga qo‘shib tillolarini ham zakotini berishlari farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 152 | Zakot