Krevetka haromni yoki halol?

Assolomu alaykum Shayx Xazratlari, agar so‘ralgan savolni so‘rab sizni bezovta qilayotgan bo‘sam ming bora uzr so‘rayman, lekin bu savolni sizdan so‘rashdan oldin shu saytda qidirib tapolmadim, kim biladi balki yaxshi qirdirmagandurman. Mayli sizni vaqtingizni olmay, menga yaqinda bizni mashabimizda suvdagi hayvonlardan faqat baliqsimonlar guruhiga kiradigani halol, qogani harom deb aytishdi. Yana bir joyda suvdagi hayvonlar agar suvda ham quriklikda yam yura oladigan bo‘sa harom deb eshitdim (masalan tumsoq, qurbaqa, qisqichbaqalar). Meni bitta savol qisiqtirvotti "krevetka" harommi yoki halolmi? bu savolni sizga berishdan oldim internetda fatvolarni qidirib kurganimda "www.islamweb.net" saytini fatvo bolimida shunday fatvo topdim: Fatwa No. : 81583Fatwa Title : Shrimp: Halal or Haram?Fatwa Date : 06 Thul-Qi‘dah 1421 / 31-01-2001QuestionShrimps are Halal or Haraam?.FatwaPraise be to Allah, the Lord of the Worlds, and blessings and pea’e be upon our Prophet Muhammad and upon all his Family and ’ompanions. Shrimps are Halal. Allah and His Prophet (Blessings and pea’e of Allah be upon him) has allowed it. Prophet Muhammad (Blessings and pea’e of Allah be upon him) said. Two types of dead animals and two types of blood are permitted for us. The types of dead animals are seafood and lo’usts. The two types of blood are the liver and the spleen. Allah knows bestmanb‘a "https://www.islamweb.net/VER2/Fatwa/ShowFatwa.php?lang=E&Id=81583&Option=FatwaId"hullas kiskacha kilib aytganda bu erda alloh bilan payg‘ambarimiz gaplariga suyanib krevetkani halol deb fatvo berishgan. Shu masala yuzasidan aniqlik bersangiz. Men tushunishimcha (balki hatodir) bir masxabda harom deyilgan narsa ikkinchi masxabda ham kilinadi, boshqacha kilib aytganda masxablar orasidagi farq bir aytilgan narsani qanday kilib kilish k-kligi, masalan bir masxabda benamoz kiyimni uch marta yuvish k-k desa boshqasi 7 marta degan. Shuning uchun agar tepa keltirgan fatvoni boshqa masxabdagi imomlar bergan bo‘sa, ular ham harom narsani halol deyishmagan bo‘lishardi.Shunday kilib, sizdan so‘ramoqchi bo‘ldan savolim - "krivetga haromni halolmi", chunki u baliqsimonlar oilasiga kirmaydi, lekin shu bilan bir qatorda faqat suvda yashaydi?Agar savol berishda bazi bir kamchiliklarga yol qo‘ygan bo‘lsan oldindan uzr so‘rayman va oldindan rahmat aymoqchiman. Kilayotgan xayrli ishlaringizga alloh baraka bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zi o‘lib qolmagan baliqdan boshqa barcha suv hayvonlari haromdir.O‘zi o‘lib qolgan baliqdan suvda qorni osmonga bo‘lib o‘lib yotgan baliq ko‘zda tutilgan. Hanafiy mazhabi ulamolari suv hayvonlariga tegishli masalada jumhurga xilof qilganlar. Ular, baliqdan boshqa suv hayvoni halol emas, deganlar. Chunki, deydilar ular, suv hayvonlarini o‘zi o‘lganidan keyin istetsmol qilinadi. O‘limtik esa, haromdir. Baliqqa kelsak, uning o‘limtik bo‘lsa ham halolligi hadisda kelgan.Umuman, suv hayvonlari halolligi haqida ulamolarimiz har xil dalillar borligi uchun keng ijtihod qilganlar. O‘sha keng ijtihodning bir tomonini Hanafiylarning ijtihodi tashkil etsa, ikkinchi tomonini, suv hayvonlarining hammasi, har bir holda, hattoki suv ichida o‘lsa ham halol, deganlarning ijtihodi tashkil etadi. Chigirtka va baliqning barcha turlari so‘yilmasa ham haloldir.Buning dalili hadisi sharifda kelgan.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik; baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir», dedilar».Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilgan.Aslida, Alloh taoloning: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir», degan oyati karimasiga binoan asli halol hisoblangan hayvonlarning o‘limtigi va oqizilgan qoni haromdir.Ushbu hadisi sharif esa, o‘sha umumiy hukmdan to‘rt narsani; ikkita o‘limtikni va ikkita qonni istisno qilmoqda.«Ikki o‘limtik; baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir».Islom shariatida o‘limtik nopok, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgani uchun harom qilingan. Agar bemorlik oriz bo‘lmasa, hayvon o‘z o‘zidan o‘lmaydi. Qolaversa, hayvon shartsiy yo‘l bilan so‘yilmay, boshqa sabablarga ko‘ra o‘lsa, qoni va u bilan birga undagi mikroblar, kasalliklar butun badaniga tarqalib ketadi. Uni taom sifatida tanovul qilgan odamga zarar etkazadi.Ammo, baliq va chigirtkada bu holat yo‘q. Ularning qoni yo‘q. Shuning uchun ularning o‘limtigi hech zarar etkazmaydi. Bu narsa ilmiy tajribalar orqali ham tasdiqlandi.Lekin, chigirtkadan boshqa qoni yo‘q quruqlik hayvonlari haromdir. Chayonlar, arilar, pashalar shular jumlasiga kiradi.Jigar bilan qora taloq ham asosan qondan tarkib topgan bo‘ladi. Ammo o‘sha qon jigar va taloqqa aylanganda zararsiz holga o‘tib qoladi, Shuning uchun ham, shariatimizda bu ikki narsa halol qilingan.

20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 758 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar