Bemor kishining tahorati

Assalomu alaykum! Oyim polartrid bilan og‘riganlar. Ertalab qo‘llari shishadi, tahorat qilaolmaydilar, bomdodni o‘qiyolmaydilar. 5 mahal namoz o‘qish uchun 5marta tahorat qilishlari kerak. Sababi qandli diabet kasallari ham bor. Polartiritda qo‘lni qancha suvga ursa shuncha dardni qo‘zg‘arkan. Namoz o‘qishni juda xoxlaydilar, bir marta tahorat bilan 5 mahal namozni bir vaqtda o‘qisa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo insonni toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Suv zarar qilsa o‘rniga tayammum qilb namoz o‘qiyveradi. Tahorat qilib o‘qigan bilan savobi bir xil, balki undan ham ziyoda bo‘ladi. Tayammum juda oson. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/369

9 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 194 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar