Qur’on tilovatidan keyin aytiladigan oyatlar

Assalomu alaykum! Kuron tilovatidan keyin "subuxuna robbika robbil izzati Amma yaasifun..." Yoki "sodoqollohul azim" deb tugatiladi. Bunday deyish sunnatda bormi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi:  قُلْ صَدَقَ اللّهُ فَاتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ۝ 95. «Alloh rost aytdi. Hanif bo‘lgan Ibrohimning millatiga ergashing. U mushriklardan bo‘lmagan edi», – deb ayt.
Imom Ibn Abu Hotim Sha’labiydan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Amali to‘liq o‘lchov ila o‘lchanishi kimni xursand qilsa, majlisning oxirida, turishdan oldin: «Subhana Robbika Robbil ’izzati ’amma yasifun. Va salamun ’alal mursaliyn. Val-hamdu lillahi Robbil ’alamiyn»ni o‘qisin», – deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 180 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar