Qarz bilan savdo

Assalomu alaykum! Assalamu-alaykum. Men do‘konda savdo bilan shug‘ullanaman mendan odamlar qarzga buyum olishadi, doimiy haridorlarim qarzga olishsa "berib ketaman" deb muddatini aytishmaydi men ham so‘ramayman, lekin berishadi. Biz ham buyumlarni qarzga olib sotib beramiz muddatini aytmaymiz (olib keluvchi otam). Bir maruzada eshitdim: muddatini so‘ramasa sudho‘rlikka kirib qolar ekan. Biz ham qarzga olib kelganlarimizni qachon berishim muddatini aytmasak sudho‘rlikka kiradimi? Qachon pulimiz bo‘lishini bilmaymanku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahminan bo‘lsa ham nasiya savdoda biror muddat belgilash shart. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar