Ilm olishda sog‘likning yomonlashuvi

Assalomu alaykum ustoz, Allox qilayotgan amalaringizdan rozi bo‘lib qiyomatda Ajru mukoofatini ziyoda qilib bersinBir birodarim ushbu savolni sizga etkazishimni iltimos qilgandilar:Ayolim Qur’ondan bir ustozida ilm oladi, kurondan tajvid xadis va asxariya kabilarni o‘rganishadi, o‘rganganlarini yozishadiAmmo qachon ustozinikiga borib darsdan qaytsa Boshini ko‘taraolmaydigan darajada boshi og‘rib qoladi, Juda xam qiyin axvolga tushib qoladi, Bu narsa darsga borishni boshlaganidan beri paydo bo‘lgan.Lekin o‘sha erda ustozinikida o‘rgangan narsalarini uyda o‘qisa, takrorlasa uyda og‘rimiydi, xech qanday salbiy oqibalar bilinmiydi, nimagadir ustozinikida dars olgani borganidan keyin uyda juda qattiq boshi og‘rib qoladibir ikki kishiga aytsak Qur’on ilmini olishga jinlar qarshilik qilayabdi deyishibdiIltimos bu masalada nima qilaylik, qanday maslaxat berasiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jinlar haqidagi gap behuda. Diqqat bilan mulohaza qilish kerak. Biror sababi bo‘lishi kerak. Misol uchun ustozning oldida hayajonlanish yoki shunga o‘xshash omillar bo‘lishi mumkin.

4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar