Xiyonatni aqlimga sig‘dirolmayman
Assalomu alaykum! Mening otam shu yili vafot qildilar, otam ibodatlarga maxkam shu sababdan biz farzandlaridan xam shundan maxkam turishni talab qilardilar. Otam vafotidan oldin xam, keyin onamni otamga xiyonat qilib yurganidan xabar topdim. O‘zim ibodatdagi odamman, onamning yoshlari katta, ularga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Qilib yurgan ishlarini o‘zimga sig‘dira olmayapman, Allohdan tinmay duo qilib so‘rayapman. Ammo onaga nisbat bunday xolatda qanday yo‘l tutiladi? Xar safar onamga qaraganimda otamni o‘ylayman, oilamizni o‘ylayman aqlimga sig‘dira olmayapman. Bunday xolatda nima qilinadi? Agar zulm qilib qo‘ysam oxiratni o‘ylayman, jim yurishnida iloji bo‘lmayapdi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizni o‘ylar ekansizu lekin onangizni o‘ylamas ekansiz. Sizda bor ehtiyoj onangizda ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Siz malomat qilish o‘rniga tengini topib nikohlab qo‘ying. Qarshi chiqib oxiratingizni kuydirmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar