Qazo namoz o‘rniga
Assalomu alaykum! Onam qazo namozlari ko‘pligidan qolgan umrimda o‘qib ulgurmasamchi deb o‘ylayaptilar. Lekin o‘zi vaqtida o‘qilayotgan namozlari bilan birga qazolarini xam ado etib kelmoqdalar. Inson vafot etgandan so‘ng uning merosidan qazolarini pul bilan to‘lasa bo‘ladi deb eshitdim. Bu qanday xisoblanadi? 2). Tiriklik chog‘ida qazolarini ado etib turib yana ulgurmasamchi deb mol-mulki bilan ado etib tursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). "Kifoya" kitobida quyidagicha berilgan. Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi.Kishi o‘zi hayotlik chog‘ida o‘qimagan namozining kafforotini to‘lashi mumkin emas. Ammo ro‘zanikini, uning qazosini bajarishga ko‘zi etmasa, beradi.Merosxo‘rlar o‘lgan shaxsning qazo namozlarini o‘qib qo‘yishi mumkin emas. Chunki namoz shaxsiy badaniy ibodatdir.2). Vasiyat qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 181 | Islam