O‘g‘rilikdan tavba

Assalomu alaykum! Yoshligimda biroz qo‘lim egrilik tufayli o‘g‘irlik qilganman. Alxamdulillax xozir unday xarom ishlardan yiroqdaman, chunki Alloh taolo qalbimga iymon ato etgandan so‘ng bu narsalarni qaytib qilmayman. Sizlarga savolim shuki xamma o‘g‘irlagan narsalarimni xisoblasam umumiy narxi 700.000 so‘m bo‘lyapti. Endi menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar, Iltimos. Nima qilsam bo‘ladi Masjidga shu kimni xaqqini egan bo‘lsam o‘sha inson nomidan exson qilsam bo‘ladimi yoki boshqa yo‘li bormi? Afsuski o‘sha insonlarni ismlarini bilmayman. Nima qilish kerakligini xamda o‘sha insonlarni ismlarini bilmasam qanday qilib o‘sha insonlar nomidan deb aytaman va o‘sha xaqqini egan insonlarni nomidan exson qilmoqchiman deb niyat qilamanmi yoki boshqa niyat qilish kerak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid harom mol to‘playdigan joy emas. avvalo kimdan olgan bo‘lsangiz o‘shalarni topib berishingiz shart. Mabodo kimligini bilmasangiz o‘shalarni nomidan savob umid qilmasdan nochor insonlarga ehson qilasiz. Alloh bundan keyin hayotingizni go‘zal qilsin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar