Bir hil miqdordan, boylikdan har yili zakot berilaveradimi

Assalomu alaykum! menda bir savol bor edi qidirib topa olmadim . 1) masalan deylik 2019 yil 1 avgustda bitta odamda 100 million so‘m bor edi va shu pul miqdori o‘zgarmasdan 1 yil turdi va o‘sha odam 2020 yil 1 avgustda 100 millionni qirqdan biri miqdorida 2.5 million so‘m zakot to‘ladi natijada 97.5 million so‘m pul qoldi taqdir taqozosi bilan o‘sha 97.5 million so‘m yana bir yil o‘zgarmasdan turdi ya’ni 2021 yil 1 avgustgacha o‘zgarmasdan turdi tabiiyki bu miqdor yana nisob miqdori bo‘ladi endi savol o‘sha odam zakoti 1 yil oldin berilgan boylikdan yana zakot beradimi ? boshqacha aytganda zakot molni poklash degan manoni bildirarkan 1 yil oldin poklangan boylikdan yana zakot berilaveradimi ? 2) birinchi savolni davomi sifatida mobodo agarda bir miqdor yoki boylikdan modomiki nisobga ilinar ekan zakot har yili berilishi shart bo‘lsa unda o‘sha boshlang‘ich 100 million toki nisob miqdoridan kamayguncha har yili zakot berilaveradi degan hulosa chiqqan bo‘larmidi 3) yana bir marta birinchi savolni davomi sifatida mobodo agar bir miqdor yoki boylikdan faqat bir marta zakot beriladigan bo‘lsa unda masalan o‘sha 100 milliondan zakot berilgandan keyin 2021 yilgacha qolgan 97.5 millionni ustiga agar nisobga etadigan pul miqdori qo‘shilsagina (masalan 40 million) zakot to‘lanadi agar nisobga etmaydigan pul miqdori (masalan 10 million so‘m) zakot to‘lanmaydi bo‘ladimi ? agar masalan 40 million qo‘shilsa shunda 2021 yil 1avgustda faqat o‘sha 40 millionni 40 dan biri - 1 million so‘m zakot to‘laydimi 4 ) nisob miqdoridan zakotni ajratib qo‘yib o‘sha pulni ishlatmasdan zakot olishga munosib odam topilguncha yoki boshqa sabab uchun zakotni kechiktirib tursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Beradi, chunki u boy hisoblanadi. 2). To‘g‘ri. Shuning uchun uni oborotga tikishga majbur bo‘ladi. 3). Har qanday holatda, hatto qo‘shilsa ham yoki kamaysa ham zakotdan ajratilaveradi. Avvalgi yuzga ham qo‘shilgan qirqqa ham zakot chiqaradi. 4). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 161 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar