Kiyimni uch marta chayish

Assalomu alaykum! Kiyimni uchmartta yuvib uchmartta chayilsagina sunnatga muvoffiq pok bo‘ladi. Bizda kiyimlar kir mashinada umumiy yuviladi 1 martta poroshok bilan 15 daqiqa atrofida aylanadi (yuviladi) Kegin 1 martta suvni o‘zida aylanadi (chayiladi) uniyam to‘kib yana boshqa suv quyilib chayiladi. 1 poroshok bilan yuviladi, 2 martta suv bilan chayiladi. U kiyimlar sunnatga muvofiq pok poklanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kir moshinada yuvilgan kiyimlar pok bo‘lishi haqida fatvo berilgan. Ko‘nglingiz bo‘lmasa mashinadan olib qaytadan chayqang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar