Mayitni qaerda ko‘milishini farqi bormi?

Assalomu alaykum! Yoshim 58 da. Mening farzandlarim boshqa shaxarda yashashadi, men xam ota yurtimdan ularni oldiga ko‘chib ketmoqchiman. Mayitni qaysi shaxarda qo‘yilish axamiyati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umumiy holatda mayyit ko‘miladigan shaharning ahamiyati yo‘q. Har bir mayyitni jon bergan eridagi qabristonga dafn qilish mandubdir. Vallohu a’lam!

12 Sentabr 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar