Xolamning qizida ko‘nglim bor

Assalomu alaykum! Men xolamning qiziga ko‘ngil qo‘yganman. Uning ham ko‘ngli menda, biz ahdlashganmiz, uylanish niyatim bor va anchadan beri gaplashib kelamiz. Oramizda 1 yosh farq bor. Uylanishga yaqin qolganida onam “xolangni qizini yoshligida men emizganman” deb qoldi, lekin buni faqat onam aytayabdilar xolam esa mening esimda yo‘q, qizimga chechak chiqqan tug‘ulganidan keyin, faqat o‘zim qaraganman, nozik qiz bo‘lganligi sabab deyabdi. Shu xolatda biz nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo nomahram yigit va qizni gaplashib yurishi shariatda harom qilingan. Ikkingiz ham tavba qilishingiz kerak. Endi emizish masalasiga kelsak, onangiz xolangizning qizini emizgan bo‘lsa, siz unga uylanishingiz mumkin emas. Nikohingiz bog‘lanmaydi. Xolangiz onangizni emizganini ko‘rmay qolgan bo‘lishi mumkin, ammo emizgan onangiz adashishlari mumkin emas. Xususan sizlar hayotingizni shubha ustiga qurishi kerak emas. Shubhadan uzoq bo‘linglar. Allohga taqvo qilib, ikkingizga ham solih-soliha umr yo‘ldoshi berishini O‘zidan so‘ranglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar