Qilinmagan ibodat gunohi ota onamga yoziladimi?
Assalomu alaykum! Ota-onam namozimga ham ro‘zamga ham norozi. Qanday darajada? Talabaman. O‘qishni bitirib uyga kelganimdan keyin qilasan deyishyapti. O‘qimasam, tutmasam gunoh bo‘ladi desam, gunohi bizga yozilsin deyishyapti. Rostdan ham shunaqa bo‘lishi mumkinmi? Qancha urinmay tushuntirolmayapman. Namoz va ro‘zani farz desam ham, faqat istaganlar shu ishlarni qilishi mumiin deyishyapti. Nima qilishga hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni do‘zaxga do‘mbara qilmang. Ularga gunoh yozilishi aniq, agar itoat qilsangiz sizga ham yozilishini aniq. Siz namoz va ro‘zalaringizni ularga aytmang. Ota-onangizni gapi shaytonning quyidagi gapiga o‘zxshaydi. Alloh taolo "Hashr" surasida marhamat qiladi: كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ فَكَانَ عَاقِبَتَهُمَا أَنَّهُمَا فِي النَّارِ خَالِدَيْنِ فِيهَا وَذَلِكَ جَزَاء الظَّالِمِينَ 16. Bu xuddi shayton insonga «Kofir bo‘l», degan paytga o‘xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Men senga aloqador emasman, men olamlar Robbi – Allohdan qo‘rqaman», – dedi.
17. Bas, ularning oqibatlari bir – albatta, ikkovlari ham olovda bo‘lurlar, u erda mangu qoluvchidirlar. Va bu zolimlarning jazosidir. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar