Shaytoniy ilxom bo‘lgan degan xadis bormi
Assalomu alaykum! Bir kishi mashxur da’vatchi Zokir Naikga savol berayotganda “Xadisdan bilamanki Muxammad (sav) da shaytoniy ilxom bo‘lgan” deb o‘tdi. Shunday xadis bormi, bo‘lsa nima nazarda tutilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ma’noda hadis bor. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا وَقَدْ وَكَّلَ اللهُ بِهِ قَرِينُهُ مِنَ الْجِنِّ، قَالُوا: وَإِيَّاكَ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: وَإِيَّايَ إِلَّا أَنَّ اللهَ أَعَانَنِي عَلَيْهِ فَأَسْلَمَ، فَلَا يَأْمُرُنِي إِلَّا بِخَيْرٍ. رَوَى هَذِهِ الْأَرْبَعَةَ مُسْلِمٌ فِي صِفَةِ الْقِيَامَةِ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh sizlardan har bir kishiga uning jinlardan bo‘lgan yaqinini vakil qilib qo‘ygan bo‘ladi», dedilar.
«Sizga hammi, ey Allohning Rasuli?» deyishdi.
«Menga ham. Illo, Alloh menga uning ziddiga yordam berdi va u musulmon bo‘ldi. U menga faqatgina yaxshilikni amr qiladi», dedilar».
Ushbu to‘rt hadisni Muslim «Qiyomatning vasfi»da rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
Har bir kishiga biriktirilgan jin bo‘lishi. U shayton ham deyiladi.
Musulmon jinning (yoki shaytonning) yaxshilikka amr qilishi.
Demak, musulmon bo‘lmagan jin insonni yomonlikka amr qiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 140 | Hadislar