Sug‘urta korxonasida buxgalter

Assalomu alaykum! Man sugurta korxonasida xisobchi lavozimida ishlab kelaman. Xar bir xisobchiga ma’lum bir vazifalar yuklatilgan. Mani vazifalarimdan biri investitsiya bulimi bilan ishlash. Investitsiya bulimi banklarga depozitga pul kuyish, u pullardan xar oy ma’lum foiz daromad olishni nazorat kiladi. Yani depozit summasi 100mln bulsa, bank xar oy 15% bizni xisob rakamga utkazib beradi. Manga tegishli bulgan kism shundan iboratki, investitsiya bulimi manga xisobot topshiradi, kaysi bankda nech pul depozit kuyilgan va nech pul tushish kerak, man bu ma’lumotlarni tugri eki xatoligini tekshiraman va 1s bazasiga kiritaman. Depozit bilan boglik bulgan shartnoma tuzish, imzo chekish, summani va foizni belgilashda man shaxsan katnashmiman. Xamma ish bulib bulgandan sung 1s da aks ettirib kuyaman,xolos. Malumot uchun depozitdan tushgan tushum, sugurta mukofotidan 2021 yil uchun 4% tashkil etdi. Ustavnoy fondning 13%. Savol ikkita: 1. Sugurta korxonasida ishlasam buladimi umuman olganda? Xox xisobchi bulsin xox kofe ledi? 2. Shu yukorida ezilgan ishlar bilan yani investitsiya xisoboti bilan ishlamasdan, sugurta korxonasida ishimi davom ettirsam buladimi? Oldindan raxmat. Iltimos yaxshilab urganib javob beringiz. Yana kushimcha savollar paydo bulsa, javob beraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sug‘urta ham unda ishlash ham shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar