Allohdan yordam so‘rash
Assalomu alaykum! Bir payg‘ambar Allohdan so‘ramay daraxdan yordam so‘ragani uchun daraxtni ikkiga aralab o‘ldirilgan edi. Allohdan qay vaqtda yordam so‘rasa bo‘ladi? Bandadan qay vaqtda yordam so‘rasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat Allohgina qodir bo‘lib, boshqasining qo‘lidan kelmaydigan narsalarni Allohdan boshqasidan so‘rash shirk hisoblanadi. Allohdan boshqasining ham qo‘lidan keladigan narsalarni boshqadan so‘rash shirk emas. Masalan farzand berish, rizq berishni Allohdan o‘zgadan so‘rash joiz emas. Sabab bo‘lishini esa so‘rash joiz. Yana qorni ochganida kimdandir taom so‘rash joiz, chunki bu bandaning qo‘lidan ham keladigan narsa. Farzand ko‘rish uchun turmush qurishni taklif qilish ham bandaning qo‘lidan keladi. Lekin farzand berish Allohdan o‘zganing qo‘lidan kelmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar