vasvasa va rukya
Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdullihi robbul alamiyn.Alloxumma solli ala’ Muhammadin abdika va rosu’lika va alal mu’mimiyna val mu’minati val muslimiyna val muslima’tiAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhMuhtaram shayx xazratlari avvalgi savolimni e’tiborsiz qoldirmaganiz uchun rahmat, Alloh sizdan rozi bo’lsin, o’zidan boshqasiga muhtoj qilmasin! Sizga yana bir savolimni berishga ijozat bergaysiz. Savol: banda o’ziga jin tekkan deb gumon qilsa rukya qildirishi (dam soldirishi) joizmi?Bu gumonga sabab meni shayton vasvasa qiladi! Kitoblarda vasvasa iymoni belgisi deb o’qigan edim! Sabr qilyapman lekin bu holat (vasvasa) bir yildan beri to’xtamayapti! Nima qilay ustoz to’g‘ri yo’l ko’rsating!Ustoz iltimos duo qiling! Allohim iymonimizni mustahkam qilsin, namozlarimizi mukammal ado etishga o’zi yordam bersin! O’zi norizo bo’lgan amallardan o’zi asrasin!Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin. Alloxim sizni va jamiki mo’min-musulmonlani o‘zidan boshqasiga muxtoj qilmasin, Allohim hammamizdan rozi bo‘sin! Qimmatli vaqtingizni ayamaganiz uchun va javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh O‘zi himoya qilsin! Doimo bilganingizcha Qur’oni Karimdan o‘qib o‘zingizga dam solib yuring.
30 Aprel 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 149 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh O‘zi himoya qilsin! Doimo bilganingizcha Qur’oni Karimdan o‘qib o‘zingizga dam solib yuring.
30 Aprel 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 149 | Boshqa ibodatlar