Qarzini olib qolish

Assalomu alaykum! Bozor qorovuli mendan 20 ming qarz bo‘lgandi. Ko‘p vaqt so‘rab yurdim, bermastan yurdi, orada so‘ramastan kettim. Keyinroq yana so‘rasam berganman deb turvoldi. Keyinchalik mendan qarzga narsa sotib oldi. Oyiga 15ming oladi har bir do‘kondan. Shundan o‘ziga bildirmastan 20 mingni ham obqoldim. O‘ziga bildirsam aniq norozi bo‘ladi. Shu ishim to‘g‘rimi, yoki aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rostdan ham haqingiz bo‘lsa olib qolishingiz joiz. Rostdan qarzmi yoki yo‘qmi buni biz bilmaymiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar