Zinokor bilan yashash
Assalomu alaykum! Avvalambor uzur so‘rayman va yana zino xaqida savol bermoqchiman. Biz oila qurganimizga 8 yil bo‘ldi, yaqin 2 yildan beri erim xam man xam namoz o‘qiymiz, xozir xijobdaman, allohga beadad shukrki bir biridan shirin 3 farzand berdi. Turmushimizning ilk kunidan boshlab erimning xiyonatini xis qilaman va o‘zi xam tan olgan. Turmushimizning 2-3 yilida beva ayol bilan zino qilardi, keyinchalik boshqa ayollar xam borligini bildim. Xozirgacha uni bu ishdan qaytara olmayapman, uylaning xoxlaganizga lekin zino qilmang desam ikki tomonni bir xil tutolmayman ikkinchidan biriga adolatsizlik qilgan bo‘laman deydi. Erimni bu yo‘ldan qaytarishga ko‘p urindim, avval do‘zaxni aytib qo‘rqitdim, keyin jannat xaqida gap boshladim, lekin befoyda. Kecha qo‘shni ayol bilan gaplashib qaerda va qachon uchrashishga kelishganini bildim. Savolim shundan iboratki, nima qilay? Yashamayman desam o‘zim otasiz o‘sganim uchun farzandlarimga buni ravo ko‘rmayman. Yashayman desam erimning zinokorligiga chiday olmayapman. Maslahat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda erkak uyidagi halolidan qoniqmasa keyin haromga qaraydi. O‘zingiz ustingizda ham ishlang. Ko‘nglini olishga harakat qiling. Shunda ham bo‘lmasa nikohiga olishini aytib turib oling. Adolat qilishizga yordam beraman deb ayting. Nima qilib bo‘lsa ham zinodan qaytaring. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush