Qoldirilgan namoz xaqida
Assalomu alaykum! Men Allohga ibodatda bardavom bo‘lishni boshlagan vaqtimdan boshlab qoldirilgan namozlarimni o‘qishga qattiq kirishganman. Ana shu vaqtda bir ibodatdagi odamdan qoldirilgan namozlarimni o‘qish tartibini so‘raganimda "siz namozdan qarzim bor deb namozning farzlarini to‘liq ado qilib yuravering. InshaAlloh, Alloh ibodatlaringizni qabul qiladi deb umid qiling" deb aytgan edi. Men namozning farzlarida azon va iqomatni topmaganim uchun qoldirilgan namoz o‘qish jarayonida azon va iqomat aytmay o‘qib yurganman. 1.Mana shu tartibda avvalgi o‘qigan qoldirilgan namozlarim to‘g‘ri deb umid qilsam bo‘ladimi? 2. Namozlarimga karoxiyati yo‘qmi? 3. Yana shu tartibda qoldirilgan namozlarimni o‘qisam bo‘laveradimi? Men va boshqa muxlislaringiz uchun qimmatli vaqtlaringizni zoe qilishga sababchi bo‘lib qolayotganimiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ajrlarini ziyoda qilib ato etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azon bilan takbir namozning shartlaridan emas. Nima qilsangiz ham o‘qib tugating. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azon bilan takbir namozning shartlaridan emas. Nima qilsangiz ham o‘qib tugating. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 170 | Namoz