Nogiron bolaning namozi

Assalomu alaykum! Meni o‘g‘lim 6 yoshda, unga bolalar tserebral falaji diagnozi qo‘yilgan. Faqat yotadi, keyin dumalaydi, boshqa xarakat qilolmaydi, gapirolmaydi, ovqatlarni xam o‘zi eyolmaydi. Vrachlar yaxshi bo‘lishiga umid yo‘q deyishdi. Agar shunday bo‘lganda bularning namozdagi savol-javobi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson bir amalga buyurilishi uning aqli, salomatligiga bog‘liq. Jasadiga bog‘liq emas. Shuning uchun majnun insonlarga farz, harom degan narsalar yo‘q. Javobgarlikka ham tortilmaydilar. Insonda aql darajasiga qarab vazifalar yuklatilinaveriladi. Kimda aql qanchalik kuchli bo‘lsa unda bo‘lgan javobgarlik ham kuchayib boraveradi. Insonlar yoshi keksaygan sari aqli zaiflashsa majburiyatlari ham kamayadi. Ba’zi bir kamchiliklariga ko‘z yumiladi. Jasadni kuchli zaifligi esa rol o‘ynamaydi. Toqati etganicha amallarni bajarishga buyuriladi. Hajga qodir bo‘lmasa haj farz emas. Zakotga qodir bo‘lmasa zakot vojib emas. Tik turib namoz o‘qishga qodir bo‘lmasa o‘tirib, unga ham qodir bo‘lmasa yotib o‘qish mumkin. Xullas asosiy e’tiborga olinadigan narsa bu aql. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 164 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar