Qarg‘ishi urmasmikin

Assalomu alaykum! Men qaynonam qaynotam bilan birga turaman. Shunday ekan ularni barcha xizmatini qilishga harakat qilaman. Kirlarini yuvaman faqat ichki kiyimilarini qoldirib ketaman. Bir ikki yuvganimda yomon narsa tekkani uchun yuvgim kelmay qolgan. Bugun ham yuvmay bir chekkaga olib qo‘ysam meni qarg‘ay ketdi iloyim lanat bo‘sin senga qaynona qaynotasini kiyimidan jirkanganga deb keling qizlaring o‘zingga o‘xshasin ming lanat dedilar. Bunda lanat degan qarg‘ishi o‘tadimi shunda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir ekakni ichki kiyimlari ayoli yuvishi kerak. Siz hech qo‘rqmang va ularga yomon muomalada bo‘lmang. Noo‘rin qilgan qarg‘ishlarini sizga mutlaqo zarari yo‘q. Alloh insof bersin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar