Yordam beringlar

Assalomu alaykum! Bor yog‘i 1-2 hafta avvallari iymonim taqvoim o‘rta darajada edi, Allohning inoyati bilan iymonim kuchaya boshladi, nafl ibodatlar, tahajjudlar, tinimsiz duolar, nafl rozalarim kopaygandi, hatto shu darajaga etdimki Allohdan chin ixlos ila nmaiki so‘rasam o‘sha kunni o‘zida uzog‘i ertasiga ijobat bo‘la boshlagandi, bu narsa 1 hafta u yoq buyog‘i davom etdi, men kibrga keta boshladim, o‘zimni Allohni valiy zotlaridek his eta boshladim, boshqalardan o‘zimni baland tuta boshladim, kibrimga nafsimga qarshi kurashishga bel bog‘ladim, ammo mag‘lub bo‘ldim. Nomahram bilan tanishib qoldim u bilan sevishdik, mana ikki haftadirki gaplashyapmiz, Iymonim zaiflashib ketti Namozlarimga etiborsizman Nafllarni qo‘ya turing hatto sunnat namozlariga ham dangasa bo‘lib ketyapman. Yuragim Qur’on bilan emas qo‘shiq bilan tinchlanadigan bo‘lib qolyapti, siqilsam g‘amga botsam faxsh lavhalardan boshqa narsa menga yordam bermayapti go‘yo. Silai rahm qilmay qo‘ydim hamma mendan hafa ishlarim yurishmay qo‘ydi halovatim yo‘q. Iltimos ustozlar menga yordam beringlar nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qiling. Allohga taqvo qiling. Kibrdan saqlaning. Shariatga amal qilib, nomahramlar bilan aloqalaringizni to‘xtating. عن حذيفة ، رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم : النظرة سهم من سهام إبليس مسمومة فمن تركها من خوف الله أثابه جل وعز إيمانا يجد حلاوته في قلبه . هذا حديث صحيح الإسناد ولم يخرجاه Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Nazar shaytonning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim Allohdan qo‘rqib uni tark etsa, Alloh taolo uning mukofotiga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qiladi».
Hokim rivoyati.Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:«Odam bolasiga zinodan bo‘lgan nasibasi yozilgandir. Ikki ko‘zning zinosi nazar solishdir. Tilning zinosi gapirishdir. Ikki quloqning zinosi eshitishdir. Ikki qo‘lning zinosi ushlashdir. Ikki oyoqning zinosi yurib borishdir. Nafs orzu va ishtaha qiladi, farj esa, uni yo tasdiqlaydi, yo yolg‘onga chiqaradi». Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni ham o‘qinghttps://savollar.islom.uz/s/183545

9 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar