Nikohda otasining ismi
Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hayati! Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin. Bir masala meni qiynab keladi. Nikoh o‘qiyotganda kuyov otasining ismi to‘g‘ri aytilmasa nikoh bo‘lmaydimi? Ya’ni bizning nikohimiz o‘qilayotgan payti turmush o‘rtog‘imning 2-otalari ya’ni boqqan otalarining ismi aytilgan. O‘zlarining otalari yoshliklarida vafot etgan onalari boshqa turmush qilgan. U payt ho‘jayinim juda kichik bo‘lgan. Ho‘jayinim onasining ikkinchi turmush qurganini biladi. O‘gay otasini o‘z otasidek ko‘radi. Nikohimiz o‘qilayotganda o‘gay otasini ismi aytilgan. Nikohimizga 8oy bo‘ldi shundan beri shuni o‘ylayman. Nikohimiz qabul bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh vaqtida siz va guvohlar kimga nikohlanayotganingizni bilishgan bo‘lishsa bo‘ldi, otani ismi aytilmagan bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush