Institut hududidagi suv

Assalomu alaykum! Men Xitoyda magistratura bosqichida o‘qiyman. Lekin, yotoqxonamiz boshqa institut hududida joylashgan. Biz turgan yotoqxonadan tashqari hamma narsa, sport maydoni, sport zallari, basseyn, o‘quv binolari, oshxona va yo‘l yuzasida joylashgan suvni qaynatib filtrlaydigan qurilma hammasi o‘sha boshqa institutga tegishli. O‘sha suvni qaynatib, filtrlab beradigan qurilma institut ichkarisadagi yo‘lning o‘rtasida joylashgan, ya’ni o‘tgan ketgan talaba va mashinada o‘tib ketayotganlar ham olib ichishadi, bepul. Xullas, gavjum joyda o‘rnatilgan, sababi, unga sport zallari va sport maydoni yaqin. Talabalar, ustozlar va sport zallari va maydonidan foydalanadigan biz yo umuman talaba bo‘lmagan boshqa begonalar ham shu suvlardan foydalanishadi. Savolim shuki, bizning shu suvlardan ichishimiz bizga halolmi yoki sport maydonlaridan foydalanishimiz? Bepul foydalanamiz, qizig‘i hech qanday ta’qiq ham yo‘q. Hech kim indamaydi ham. Sport maydoniga talaba bo‘lmagan begonalar ham keladi, kimlardur oilasini, bolalarini olib kelib o‘ynatib ketadi. Lekin, bu xalqning aksariyati dindan yiroq-ateistlar. Masalan, katta 12 litrlik idishda har 2-3 haftada shu suvdan to‘latib, yotoqxonaga olib borib qo‘yib, ba’zan 1 oy shu suvni iste’mol qilaman. Men, boshqa institut talabalari haqqiga xiyonat qilmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha suvni qo‘ygan institut ma’muriyatidan so‘ranglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar