Tez qistashi

Assalomu alaykum! Hojatga tez qatnayman. Hojatdan 5-10 daqiqadan keyin ham 1 tomchi tomganday bo‘ladi. Ancha joylarda bir necha davolanish kurslarini olyapman lekin natija bo‘lmayapti. Yana qornim ham tez dam bo‘ladi. Ko‘pincha har namoz oldidan tahorat qilyapman. Siydik qistasa hojatga kirib, qorin dam bo‘lsa bir ikki harakat qilib, damni chiqazib, tahorat qilyapman. Savolim: sog‘aygunimcha qorin dam bo‘lgandayam qistash bo‘lgandayam namoz o‘qisam bo‘ladimi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tahoratni olib, siydik tomchilamasdan farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qib olishga harakat qiling. Shunga ham ulgurmasangiz sohibi uzrga aylanasiz va har namozga tahorat olib tomchilasa ham o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam! Sohibi uzrligingizni aniqlash uchun quyidagi linklarda berilgan maqola bilan tanishib chiqing. https://fiqh.uz/maqola/586 https://fiqh.uz/maqola/189

26 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar