Nazrni ado qilish

Assalomu alaykum! Yaqinda onam og‘ir betob bo‘lib qoldilar. Shunda tuzalib ketsalar bir jonliq so‘yib ehson qilamiz deb nazr qigandik. Alhamdulillah Alloh shifo berdi. Endi jonliq so‘ymoqchimiz, shuning o‘rniga shu pulni biron ehtiyojmand oilaga ehson qilsak ham buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonliqni so‘yishingiz shart. O‘zingiz va oilangizdan birortasi ham emasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuborishingiz kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar