Mahrga mulki bo‘lmagan narsani berish
Assalomu alaykum! Ilgari mahrga "shu bir xona, bir dahliz" deyish urf bo‘lgan. Buning ma’nosini tushunib yo tushunmay aytilganini bilmayman. Lekin o‘sha uy kuyovniki ham emas, uni qurmagan ham. Balki u uy kuyovning otasiniki, qonunan otasining nomida. Shu ko‘rinishda mahr berish qanchalik to‘g‘ri? Mulk egasi, otaning roziligi bo‘lishi kerakmi? Ota norozi bo‘lsa-chi? Og‘zaki lafz etarlimi yo qonunan kelinning nomiga rasmiylashtirib berish kerakmi? Umuman olganda birovning mulkini og‘zaki mahr deb berib yuborish to‘g‘rimi? Agar kelinga haqiqatan mulk qilib berilmagan bo‘lsa, nikoh shartlariga ta’siri bormi? Bu kabi mahr berish kelajakda meros, vasiyat masalalariga ta’sir qilib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir xona va bir daxliz uyning qiymati vojib bo‘ladi. Hovli oshxona va boshqa narsalar unga kirmaydi. Mahrni nikohga ta’siri yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush