Ota qarzi

Assalomu alaykum! Mening dadam 2 yil oldin dunyodan o‘tdilar. Men va erimning dadamdan qarzimiz bor edi. Yarmini to‘lagandik. Qo‘limizga pul tushganda qolgan yarmini bermoqchi edik. Dadam ro‘zg‘oringa ishlat keyinroq berarsan deb olmadilar. U kishi vafot etdilar. Ammo uydagidarga qizim va kuyovimni qarzi yo‘q debdilar. Men nima maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda “Ibro” haqqidan kechish degan narsa bor. agar birortasi haqqidan kechsa u haq kechilgan bo‘lib, to‘lashga hojat bo‘lmaydi. Ammo qarzdor tomon kelgusida kechgan odam minnat qilishi yoki biror o‘rinlarda yaxshilik qilganini suiste’mol qilish ehtimoli bo‘lsa qarzdor ibrosini qabul qilmay to‘lashi ham mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar