Maxr xaqida savol

Assalomu alaykum! O‘zbeklarda to‘ydan oldin kuyov qizga sovg‘a beradi, gul, tort, kiyim, mayda-chuydalar. Shuni ichida tilla ham bor. Men ham shu kabi narsalarni berdim. Sovg‘aga 8.8 gr uzuk, zirak berdim va shuni mahr deb niyat qilgandim. Shuni “mahr deb qabul qilasizmi?” degandim qiz hali yosh bo‘lgani uchunmi “mahr haqida yaxshi bilmayman” dedi, ammo diniy ilmi bor qiz edi. Meni sovg‘am mahrga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Berayotganda mahr deb bergan bo‘lsangiz va u uni mahr deb qabul qilsa, mahrga o‘tadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar