Yana “kassa puli” haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men sizga 04/07/2014 "Kassa puli" haqida savol bergandim, siz javobga: "- Sabr qilib turing. Bu masalani chuqur o‘rganilmoqda. " deb javob bergan edingiz. Chuqur o‘rganildimi? Ustoz, ota onam haliyam “kassa pulli” o‘ynashyabdi, nima qilishni bilmayabman. Ularga Shayx Hazratlari joiz emas, mumkin emas, deganlar desam ham, ribo ekan desam ham tushunishmayabdi. Ular “bu ham qarzku?” deyishyabdi. Tushuntir, deyishsa aniq tushuntira olmayabman, Allohdan qo‘rqyabman, kassa puli ribo bo‘lsa harom egan, kiygan bo‘lamizku? Chunki ota onam kassa pulini uy rozg‘origa va har xil narsalarga ishlatishadi. Misol uchun, emoq–ichmoq, kiyim-kechakka... Otam namozxon, hojilar bilan gap o‘ynaydi, baribir kassa o‘ynashyabdi. So‘mga ham, dollarga ham. Sizdan iltimos, bu masalani ochiq yoritib bersangiz, ya’ni aniq hujjat dalillar bilan, shariat qonunlari bilan o‘rgatsangiz. Men tushuntira berolmayabman, ilmsizligim sabab... Ustoz, uzr beodobligim uchun, shunga majbur bo‘ldim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qarz bo‘lsa, berganini olish kerak. Shunda to‘g‘ri bo‘ladi.
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qarz bo‘lsa, berganini olish kerak. Shunda to‘g‘ri bo‘ladi.
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar