Omonatni to‘lab berish
Assalomu alaykum! Bir do‘stimning omonatini yo‘qotib qo‘ydim. Evaziga do‘stimga omonatini pulini bersam to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamanmi yoki shunga o‘xshash bir narsa olib beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! VADIY’A KITOBI هِيَ أَمَانَةٌ تُرِكَتْ لِلْحِفْظِ، وَضَمَانُهَا كَالْعَارِيَّةِ. وَلَهُ حِفْظُهَا بِنَفْسِهِ وَبِمَنْ فِي عِيَالِهِ، وَإِنْ نُهِيَ. وَالسَّفَرُ بِهَا عِنْدَ عَدَمِ النَّهْيِ وَالْخَوْفِ، وَلَوْ حَفِظَ بِغَيْرِهِمْ ضَمِنَ، إِلَّا إِذَا خَافَ الْحَرْقَ أَوِ الْغَرْقَ، فَوَضَعَهَا عِنْدَ جَارِهِ أَوْ فِي فُلْكٍ آخَرَ
فَإِنْ حَبَسَهَا بَعْدَ طَلَبِ رَبِّهَا قَادِرًا عَلَى التَّسْلِيمِ، أَوْ جَحَدَهَا، أَوْ خَلَطَ بِمَالِهِ حَتَّى لَا يَتَمَيَّزُ، أَوْ تَعَدَّى فَلَبِسَ، أَوْ رَكِبَ، أَوْ حَفِظَ الْوَدِيعَةَ فِي دَارٍ أُمِرَ بِهِ فِي غَيْرِهَا، أَوْ جَهَّلَهَا عِنْدَ الْمَوْتِ، ضَمِنَ، وَإِنْ أَزَالَ التَّعَدِّي زَالَ ضَمَانُهُ
وَإِنِ اخْتَلَطَتْ بِلَا فِعْلِهِ اشْتَرَكَا، وَلَا يَدْفَعُ إِلَى أَحَدِ الْمُودِعَينَ قِسْطَهُ بِغَيْبَةِ الْآخَرِ، وَلِأَحَدِ الْمُودِعَيْنِ دَفْعُهَا إِلَى الْآخَرِ فِيمَا لَا يُقْسَمُ، وَدَفْعُ نِصْفِهَا فِيمَا يُقْسَمُ
وَضَمِنَ دَافِعُ الْكُلِّ لَا قَابِضُهُ U saqlash uchun qoldirilgan omonatdir. Unga zomin bo‘lish xuddi oriyadagiga o‘xshaydi. Omonatni oluvchi uni o‘zi saqlasa ham, ahli ayolidan birortasiga saqlatsa ham bo‘ladi. Agar bunday qilishdan qaytarilgan bo‘lsa ham. Agar qaytarish yo‘q bo‘lsa va xatar bo‘lmasa, u bilan safar qilishi mumkin. Agar ahlidan boshqaga berib saqlaganda vadiy’a halok bo‘lsa, zomin bo‘ladi. Illo, yonishidan yoki g‘arq bo‘lishidan qo‘rqib, qo‘shnisinikida yoxud boshqa kemada saqlagan bo‘lsa, to‘lab bermaydi.
Egasi qaytarishni so‘raganda topshirishga qodir bo‘laturib ushlab qolsa, inkor qilsa, o‘zining moliga ajratib bo‘lmaydigan qilib aralashtirib yuborsa, tajovuzkorlik qilib uni kiyib yoki minib olsa, vadiy’ani saqlashi lozim bo‘lgan hovlidan boshqasida saqlasa yoki o‘limi oldidan vadiy’aligini aytmay ketsa, to‘lab beriladi. Agar tajovuzkorlikni ketkazsa, zomin bo‘lish ham ketadi. Agar vadiy’a omonatni saqlayotgan kishining moliga uning amalisiz aralashib ketsa, sherik bo‘ladilar.
Omonatni olgan odam ikki omonat qo‘ygan odamdan birining hissasini sherigi yo‘q paytda bermaydi.
Omonat qo‘ygan ikki kishidan biri taqsimlanmaydigan narsani boshqasiga topshiradi. Taqsimlanadigan narsaning yarmini beradi.
Barchasini bergan zomin bo‘ladi, qabul qilib oluvchi emas.
«Vadiy’a» so‘zi lug‘atda «tark qilish», «qoldirish» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa:
U saqlash uchun qoldirilgan omonatdir.
Vadiy’a shariat hukmida mandub ish bo‘lib, uning bir necha dalillari bor.
Alloh taolo Niso surasida: إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤدُّواْ الأَمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ النَّاسِ أَن تَحْكُمُواْ بِالْعَدْلِ «Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z ahliga topshirishingizni va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat ila hukm qilishingizni amr qilur», degan (58-oyat).
Alloh taolo Baqara surasida: فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُم بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ الَّذِي اؤْتُمِنَ أَمَانَتَهُ وَلْيَتَّقِ اللّهَ رَبَّهُ «Agar bir-biringizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, o‘z Robbi – Allohga taqvo qilsin», degan (283-oyat).عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَدِّ الْأَمَانَةَ إِلَى مَنِ ائْتَمَنَكَ، وَلَا تَخُنْ مَنْ خَانَكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Omonatni senga ishonib topshirganga ado qil va senga xiyonat qilganga xiyonat qilma!» dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Ulamolar barcha zamonlar va makonlarda bu ishga ittifoq qilganlar.
Vadiy’aning rukni iyjob va qabuldir. Bir kishi boshqasiga: «Mana buni senga omonatga qoldirdim», «Mening mana bu narsamni saqlab tur», «Buni ol, senga omonat», desa, ikkinchisi qabul qilsa, vadiy’a tugal bo‘ladi.
Vadiy’a muomalasini qiluvchi taraflar oqil, bolig‘ bo‘lishi va omonat qo‘lida bo‘lishi shart. Kichkina bola, majnun vadiy’ada taraf bo‘la olmaydi. Vadiy’aga qo‘yilayotgan narsa havodagi qush yoki suvga tushib ketgan narsaga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Unga zomin bo‘lish xuddi oriyadagiga o‘xshaydi.
Omonatni olgan kishi kamchilikka yo‘l qo‘ymagan holda vadiy’a halokatga uchrasa, to‘lab bermaydi.
Omonatni oluvchi uni o‘zi saqlasa ham, ahli ayolidan birortasiga saqlatsa ham bo‘ladi. Agar bunday qilishdan qaytarilgan bo‘lsa ham.
Ya’ni omonatning egasi «O‘zing saqla, birovga berma», degan bo‘lsa ham.
Agar qaytarish yo‘q bo‘lsa va xatar bo‘lmasa, u bilan safar qilishi mumkin.
Ya’ni vadiy’aning egasi «Bu bilan safarga chiqmaysan», degan bo‘lmasa yoki yo‘lda unga xavf-xatar tahdid solmaydigan bo‘lsa, omonatni olgan shaxs u bilan safar qilsa bo‘ladi.
Agar ahlidan boshqaga berib saqlaganda vadiy’a halok bo‘lsa, zomin bo‘ladi. Illo, yonishidan yoki g‘arq bo‘lishidan qo‘rqib, qo‘shnisinikida yoxud boshqa kemada saqlagan bo‘lsa, to‘lab bermaydi.
Chunki bu holatlarda yaxshilab saqlash uchun kerakli chorani ko‘rgan bo‘ladi.
Egasi qaytarishni so‘raganda topshirishga qodir bo‘laturib ushlab qolsa, inkor qilsa, o‘zining moliga ajratib bo‘lmaydigan qilib aralashtirib yuborsa, tajovuzkorlik qilib uni kiyib yoki minib olsa, vadiy’ani saqlashi lozim bo‘lgan hovlidan boshqasida saqlasa yoki o‘limi oldidan vadiy’aligini aytmay ketsa, to‘lab beriladi.
Agar tajovuzkorlikni ketkazsa, zomin bo‘lish ham ketadi.
Ya’ni vadiy’ani olgan kishi uni saqlash o‘rniga omonat egasining haqiga tajovuz qilib, uni kiyib yoki minib olgan bo‘lsa-yu, keyin o‘zini o‘nglab, kiymay va minmay qo‘ygan bo‘lsa, to‘lab berish mas’uliyatidan ozod bo‘ladi.
Agar vadiy’a omonatni saqlayotgan kishining moliga uning amalisiz aralashib ketsa, sherik bo‘ladilar.
Birov boshqasiga xaltada mayda narsani omonatga berdi. Ikkinchisi uni o‘zining xuddi shunga o‘xshash moli bor sandiqqa solib qo‘ydi. Sandiqda omonat xalta yorilib, ichidagi narsaga aralashib ketdi. Bu holatda aralashish sandiq egasining aybisiz bo‘lgani uchun u zomin bo‘lmaydi. Ular hissaga qarab sherik bo‘ladilar.

Agar bu borada kamchilikka yo‘l qo‘ysa, to‘lab beradi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 146 | Islam