O‘g‘irlangan buyumlar

Assalomu alaykum! Menda bir qancha o‘g‘irlangani aniq narsalar bor. Ularni o‘ta kambag‘al insonlarga berib yuboraymi yoki sotib pulini beraymi? Nega desangiz u narsalarni hamma ham ishlatavermaydi. Usta odam ishlata oladi. Kambag‘al bechora insonga pul kerak. Tavba qilib bu narsalardan qutulmoqchiman. Ishlatish nojoiz deb bildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Narsaning haqiqiy egalarini topib o‘ziga bering. Birovlarga berib yuborish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar