Go‘daklar savol-javobi

Assalomu alaykum! Yaqinda kichkina qizalog‘im hayotdan ko‘z yumdi. Allohga shukur sabr beryapti. Shu masalada savolim bor, go‘daklar savol javob qilinadimi?
2). Go‘daklar qiyomatda ota-onasiga shafoat so‘rarkan shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chaqaloqlar savob-javob qilinmaydilar. Chunki ular mukallaf emaslar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ‎‎«Siqt»-(balog‘atga etmay o‘lgan bola) ota-onasini do‘zaxga ‎kirgazgan chog‘da Robbisi ila tortishadi. Shunda unga: «Ey ‎Robbisi ila tortishuvchi bola, ota-onagni jannatga ‎kirit», deyiladi», deganlar. (Ibn Moja). ‎Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar