Aqiqada bitta jonliq
Assalomu alaykum! Akamning bir o‘g‘li bor bir yoshdan oshgan yana o‘g‘illik bo‘ldi. Shariatimizda har bir bolaga qo‘y so‘yib aqiqa qilish lozim ekan. Aqiqa qilishimiz uchun ikkala farzandlariga bittadan qo‘y so‘yilishi lozimmi yoki sharoitga qarab bitta qo‘y so‘yib ehson qilsalar bo‘ladimi. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Lozim degani farz degani. Bizning mazhabimizda aqiyqa qilish agar nazr qilmagan bo‘lsa, mustahab amal. Bitta so‘ysangiz ham bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَقَّ عَنِ الْحَسَنِ وَالْحُسَيْنِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا كَبْشًا كَبْشًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: عَقَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْحَسَنِ بِشَاةٍ وَقَالَ: يَا فَاطِمَةُ، احْلِقِي رَأْسَهُ وَتَصَدَّقِي بِزِنَةِ شَعَرِهِ فِضَّةً، فَوَزَنَّاهُ فَكَانَ وَزْنُهُ دِرْهَمًا أَوْ بَعْضَ دِرْهَمٍ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga bittadan qo‘chqor so‘yib, aqiyqa qildilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasanga bir qo‘y so‘yib, aqiyqa qildilar va:
«Ey Fotima, uning sochini olib, sochi vaznida kumush sadaqa qilgin», dedilar. Bas, tortsak, uning vazni bir dirham yoki dirhamning ba’zisicha chiqdi», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan o‘g‘il bolaga, albatta, ikkita qo‘y so‘yib, aqiyqa qilish shart emasligi, bitta qo‘y so‘ysa ham bo‘laverishi kelib chiqmoqda. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘z nabiralariga bittadan qo‘chqor so‘yganlari shuni ko‘rsatadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘z qizlariga xitob qilib:
«Ey Fotima, uning sochini olib, sochi vaznida kumush sadaqa qilgin» deyishlaridan bunga o‘xshash ishlarni onalar qilishlari afzalligi anglashiladi.
Bolaning sochi vaznida kumush sadaqa qilish mustahab amal bo‘lib, bolaning yaxshi o‘sishi uchun qilingan yaxshi niyatning belgisidir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar