Telegram orqali pul ishlash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, O‘zbekistonda tez rivojlanib borayotgan telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bir bot haqida so‘ramoqchi edim. Bunda shu bot orqali reklama ko‘rganingiz uchun ma’lum miqdorda sizning hisobingizga pul o‘tkazilib turar ekan. Paket sotib olib ko‘proq daromad ham qilsak bo‘lar ekan. Shunga a’zo bo‘lib foydalansak bo‘ladimi? Bunga juda ko‘pchilik qiziqayapti. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 196 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar