Xulosam to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Men oilada kenjasiman.Va uyda faqat men va onam namoz o‘qiymiz.Ammo faqatgina men insonlarga qo‘ldan kelgancha da’vat qilardim.Lekin shashtim so‘ndi.Sababi oiladagilarga gapirsam pisand qilishmaydi.Ko‘chadagi tanishlarga gapirsam eng yuqori darajada amal qiladigani faqat mening oldimda amal qilib keyin bilganini qiladi.Shuning uchun endi insonlar haqida bunday xulosaga keldim.O‘zi xohlamaganga dindan gapirganning umuman foydasi yuq ekan.Dindan gapirilganda rioya qiladigan odam o‘zi biror ishni qilishdan avval :"Shu ishim to‘g‘rimi?",—deb so‘rar ekan.Va men shunga moslab hech kimga da’vat qilmayman ,faqatgina birov biladiganimni so‘rasa aytaman,bilmaydiganim bo‘lsa shu saytdan qidirib topsam aytaman degan qarorga keldim. 2.Yoki olsa olmasa gapiraverish kerakmi?Da’vat qilishdan foyda bo‘lmasa ham qanchadir ajr bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson psixologiyasini o‘rganib chiqqanlar qarindoshlar, martabada o‘zidan yuqori insonlarga qilingan nasihat o‘tmaydi. Inson tabiati shunday  Shuning uchun ulardan yuqori darajaga ko‘tarilib keyin nasihat qilishni boshlang – deyishgan. Ungacha ilm o‘rganing. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar