Zakot xisoblash
Assalomu alaykum! Men dadam bilan bir hovlida turaman, bizda 5 bosh ona bola sigir, 9 bosh ona bola qo‘y, 6 bosh echki va bitta mashinamiz bor. Mashinani o‘zimizni shaxsiy ehtiyojlarimiz uchun minamiz. Oilada olti kishimiz. Shu holatda zakot nisobi qanday hisoblanadi? Bugun masjidda imom domla xar bir mol turi alohida hisoblanadi va alohida zakot chiqariladi dedi. Shu holatda biz zakot beramizmi? Zakotni qaynona yoki qaynotaga berish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shaxsiy ehtiyoj uchun olingan mashinadan zakot berilmaydi. Sizning ushbu miqdordagi chorva hayvonlaringiz agar tijorat (sotish) maqsadida olingan bo‘lsa va ularning umumiy qiymati zakot nisobi (hozirda 34 mln) ga etsa va bir yil aylansagina zakoti vojibdir. Tijorat niyatida olinmagan bo‘lsa zakoti vojib emas. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 183 | Zakot