Najosat va tahorat

Assalomu alaykum! Badandan oz miqdorda (avf miqdoridan kam) qon chiqsa, uni artib yuborsa tahorat buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitoblarda quyidagicha keladi: لَوْ مَسَحَ الدَّمَ كُلَّمَا خَرَجَ وَلَوْ تَرَكَهُ لَسَالَ نَقَضَ وَإِلَّا لَا ، كَمَا لَوْ سَالَ فِي بَاطِنِ عَيْنٍ أَوْ جُرْحٍ أَوْ ذَكَرٍ وَلَمْ يَخْرُجْ ، وَكَدَمْعٍ وَعَرَقٍ إلَّا عَرَقُ مُدْمِنِ الْخَمْرِ فَنَاقِضٌ عَلَى مَا سَيَذْكُرُهُ الْمُصَنِّفُ “Qon chiqqanda uni artib tursa, agar artmasa oqadigan darajada bo‘lsa, tahoratni buziladi. O‘z holicha oqmasa, tahorat buzilmaydi. Qon ko‘z yoki jarohat yoki jinsiy a’zoning ichida oqib, tashqariga chiqmaganda buzilmagani kabi. Shuningdek, ko‘z yoshi va ter bilan ham tahorat buzilmaydi. Lekin, doimiy aroq ichib yurguvchi kishining teri tahoratni ketkazguvchidir” (Durrul muhtor). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 164 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar