Qarzi bor odam qurbonlik qilishi
Assalomu alaykum! Bankdan kredit olganman ko‘p yilga. Hozirda qurbonlik qilishga imkonim bor, qurbonlik qilsam bo‘ladimi? Ba’zilar qarzi bo‘lsa, oldin qarzini to‘lash kerak deyishyapti. Bankdan olgan qarzimni birato‘la yopishga qurbim etmaydi, lekin orttirgan pulim bor va unga qurbonlik qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezroq kreditni yoping. Siz buni olganingiz uchun har kuni qanchalik gunohkor bo‘layotganingizni tasavvur ham qilolmaysiz. Shuning uchun bankning kreditini imkon darajasida tez yopishingiz kerak. Buning uchun kundalik ehtiyojingizdan tashqari hamma mablag‘ va imkoniyatingizni kreditni yopishga qarating. Sizning holatingizda qurbonlik qilishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 186 | Boshqa ibodatlar