Ota-ona nikox o‘qitmagan bo‘lsa
Assalomu alaykum! 20-25 yillar oldin islom xaqida tushunchasi umuman yo‘q bo‘lgan. Qishloqda to‘y qilishgan. Ammo ular nikox o‘qitirishmagan bo‘lsa, shuncha qilgan munosabatlari zino va bolalari zinodan bo‘lgan xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohning asosiy shartlari guvohlar (kamida ikki erkak yoki bir erkak ikki ayol) va iyjob-qabul (ya’ni bir tarafdan oilaviy hayot kurishga taklif ikkinchi tarafdan unga rozilik). ZAGSdan o‘tayotgandan guvohlar oldida nikoh bog‘lanadigan gaplar atilgan bo‘lsa, nikohlari bog‘langan bo‘ladi. Yana bir masala mahr masalasi bor. Nikoh vaqtida aytilmagan bo‘lsa, keyin berilsa ham bo‘ladi. Shu bilan nikoh bog‘langan bo‘ladi. Sizlar surishtirib ko‘ringlar. Mabodo ota-onaning holati shunaqa bo‘lgan bo‘lsa, farzandlari buni muhokama qilib, ota-onani ko‘nglini og‘ritib qo‘ymaslik kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush