Namozda avratning ochilib qolishi

Assalomu alaykum! Namozda ovrat ochilsa uch tasbeh aytish vaqt ichida avratni berkitsa namoz buzulmaydi deyilgan. Tushuntirib bersangiz, ushbu uch tasbeh aytish vaqti avrat ochilgandan so‘ngmi? Ya’ni avrat ochilsayu ochilganini ko‘rmasa namoz oxirrog‘ida ko‘zi tushib qolsa endi namoz buziladimi? Chunki ancha vaqt o‘tganku yoki faqat ko‘zi tushgandan so‘ng uch tasbeh vaqt ichida avratni yopsa namozi buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unda buziladi. Boshqa o‘qish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar